BIZNING TARIXIMIZ

Jamiyat 22-11-2018, 15:40 4217152   

BIZNING TARIXIMIZJamiyatimiz 1941 yil mart oyida Andijon viloyat dorixonalar boshqarmasi tashkil etildi. 1946 yilda Andijon shaxrida birinchi shifoxona dorixonasi tashkil etilgan.
1941 yildan 1959 yilgacha Andijon viloyati xududida 12 ta dorixona mavjud bo‘lgan. Xozirgi kunga kelib viloyat xududida faoliyat ko‘rsatayotgan davolash profilaktika muassasalarining 28 tasida shifoxona ichki dorixonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
1968 yilda Andijon shaxrida birinchi xo‘jalik xisobidagi shifoxonalararo dorixona tashkil etilgan. 1988 yilga qadar Andijon viloyatining qariyib barcha shaxar va tumanlaridagi markaziy dorixonalar maxsus loyixa asosida qurilgan dorixonalarga ko‘chib o‘tgan va zamonaviy jixozlar bilan jixozlangan. Andijon viloyat dorixonalar boshqarmasi dorixonalar ombori 1980 yilda loyixa asosida qurilgan to‘rt qavatli yerto‘lasi, etil spirti, tez alanga oluvchi dori vositalari saqlash uchun aloxida omborxonalari va yordamchi omborlari mavjud bo‘lgan binoga ko‘chib o‘tgan.
1990 yilga yilga kelib Andijon viloyatidagi dorixonalar soni 210 tadan ortgan. 1994 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining №132-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Dorixonalar boshqarmasi mulk shaklini o‘zgartirib, «Andijon Dori-Darmon» ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Bu vaqtga kelib «Andijon Dori-Darmon» aksiyadorlik jamiyati tarkibida 1 ta dorixonalar ombori, 17 ta dorixonalar mavjud bo‘lgan.
«Andijon Dori-Darmon» ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarning 27- may 2014 yilgi umumiy yigilishi qaroriga asosan «Andijon Dori-Darmon» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.Andijon viloyat axolisini va davolash profilaktika muassasalarini Dori-darmonlar, tibbiy ashyolar bilan ta'minlash borasida 1- oktyabr 2015 yil holatiga O'zbekiston Respublikasi Soglikni Saqlash vazirligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma litsenziya asosida 1 ta dorixona ombori, 12 ta «Andijon Dori-Darmon» aksiyadorlik jamiyati dorixonalari xamda 123 ta dorixona savdo shaxobchalari faoliyat kursatmoqda.
Shundan 65 ta dorixona savdo shaxobchasi qishloq vrachlik punkitlari binosida joylashgan.
«Andijon Dori-Darmon» aksiyadorlik jamiyat dorixona va dorixona savdo shaxobchalaridamehnat qilayotgan xodimlar 286 nafarni tashkil qiladi. Shundan 110 nafari ayollardir ( 36 ta provizor, 112 tasi farmasevtlar) 140 nafari ishchi xizmatchilardir.скачать dle 10.3Скачать игры для Android

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Махсус Қобилият
A
A

Yangiliklarga obuna