Bugungi kunda
Jamiyat 31-01-2019, 12:01 4590038

Jamiyatning barcha bo‘lim va shaxobchalari tomonidan aholiga belgilangan tartibda savdo xizmati ko‘rsatilmoqda. Jamiyat savdo faoliyatida ko‘radigan daromadi hisobiga, aholi salomatligini ta‘minlash, jamiyat faoliyatini yanada rivojlantirish, hamda o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan zamonaviy uskunalar sotib olish, dorixonalarni zamonaviylashtirish, mijozlar uchun qo‘shimcha shart sharoitlar yaratish jamiyatning asosiy maqsadlaridan biri.
Jamiatimiz bugungi kunda o‘z ish rejalariga, o‘z g‘oyalariga va biznes rejalariga ega.
Hozirgi kunda "Andijon Dori-Darmon" aksiyadorlik jamiyatida 12 dorixona 227 ta shoxobcha, ulardan 17 tasi ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalarda, 79 tasi shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarida, 80 tasi qishloq vrachlik punktlarida, 49 tasi shahar, tuman va qishloq markazlarida hamda 11 ta maxsus jihozlangan Damas avtomobillari – ko‘chma dorixonalar aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini haridorlarga yetkazib berish uchun xizmat qilib kelmoqda.