RAHBARIYAT
Jamiyat 4-01-2019, 08:30 4743907
Jamiyat raisi
Qabul kunlari: Dushanbadan Jumagacha, soat 08-00dan.11-00gacha
Насиббоев Серобиддин Сирожиддинович 7 октябр 1980 йилдан Андижон вилояти Олтинкўл туманида ишчилар оиласида тавалуд топган.
1987 йил Олтинкўл туманида жойлашган 1-ўрта мактаб 1-синф ўқувчиси бўлиб 1995 йил тамомлаган. 1995 йилдан Андижон Иксидиёт ва мухандислик институти қошидаги литцей талабаси бўлиб 1997-йилда тамомлаган. 1997 йилда Тошкент Фармацевтика иниститутига ўқишга кириб 2002 йил ушбу олий ўқув юртини провизор мутахасислиги бўйича тамомланган.
Насиббоев Серобиддин Сирожиддинович ўз мехнат фаолиятини 1 ноябр 2002 йилдан Андижон вилоят Олтинкўл тумани 14-сонли марказий дорихонасига провизор технолог вазифасида бошланган. 10 июн 2003 йилдан 11 июл 2007 йилгача “Андижон Дори-Дармон” очик акциядорлик жамиятида Доришунослик ташкилий бўлим назоратчи провизор вазифасида ишлаган. 7 ноябр 2007 йилдан 2018 йил 23 ноябрга Дорихоналар омбори Савдо таъминот бўлим бошлиғи лавозимида, 23 ноябр 2018 йилдан шу кунгача «Андижон Дори-Дармон» акциядорлик жамияти бошқаруви раиси вазифасида ишлаб келмокда.
Охирги марта 2017 йил май ойида Дорихона муассасалари иқтисодиёти ва фармациядаги долзарб муаммолар мавзусида малакасини оширган.
AXMADJANOV ABDULAXAD NAZIROVICH
Jamiyat raisi muovini
Qabul kunlari: Vaqtincha mehnat ta'tilida
Andijon viloyati Andijon tumanida 10-fevral 1962 yilda ishchi oilasida tug‘ilgan. 1969 yilda S. To‘raxonov nomli 14-o‘rta maktabning 1-sinfiga borib 1979 yilda maktabni tamomlagan.
1980 yilda Toshkent Farmatsevtika inistitutiga o‘kishga kirib 1985 yil ushbu oliy o‘kuv yurtini provizor mutaxasisligi bo‘yicha tamomlangan.
O‘z mexnat faoliyatini Andijon shaxrida joylashgan 2-sonli dorixonada provizor texnolog vazifasida boshlangan. 5-noyabr 1985 yildan 29-may 1986 yilgacha xarbiy xizmatni utagan. 23-iyun 1987 yildan Andijon shaxrida joylashgan 2-sonli dorixonaga provizor texnolog vazifasiga tayinlangan. 5-aprel 1993 yildan Andijon shaxrida joylashgan 17-sonli dorixonada, dorixona mudir vazifasida ishlagan. 3-may 1994 yildan «Andijon Dori-Darmon» aksiyadorlik jamiyati savdo ta’minot bulim boshligi vazifasiga tayinlangan. 25-noyabr 1996 yildan boshlab savdo va ta’minot bulim boshligi muovini vazifasida 6-mart 2000 yilgacha ishlagan. 6-mart 2000 yildan shu kungacha «Andijon Dori-Darmon» ochik aksiyadorlik jamiyati boshkaruvi raisining ta’minot buyicha muovini vazifasida ishlab kelmokda.
Oxirgi marta 2012 yil may oyida Dorixona muassasalari iktisodiyoti va farmatsiyadagi dolzarb muammolar mavzusida malakasini oshirgan.