Dividend siyosati

Boshqaruv / Aksiyadorlar e'tiboriga 11-11-2015, 19:18 2283717   

«Andijon DORI-DARMON» Aksiyadorlik jamiyatining dividend siyosati


1. Umumiy qoidalar


1.1. Mazkur Dividend siyosati O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va «DORI-DARMON» AK (quyida – Kompaniya) ichki hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

1.2. Mazkur Dividend siyosati Aksiyadorlar umumiy yig’ilishiga foydani taqsimlash, shu jumladan dividendlarni to’lash to’g’risida qaror qabul qilish uchun tavsiyalarni tayyorlashda Kompaniya Kuzatuv kengashi rahbar qiladigan tamoyillarni belgilab beradi.

1.3. Tavsiyalarni tayyorlashda Kuzatuv kengashi dividendlarni to’lash orqali ham, Kompaniya aksiyalarining nominal qiymatini oshirish yo’li bilan ham Kompaniya aksiyadorlari huquqlariga rioya qilish va daromadlarini oshirish maqsadlaridan kelib chiqadi.

2. Dividend miqdorini hisoblash tamoyillari


2.1. Dividend miqdorini hisoblash Kompaniyaning yillik moliyaviy hisobotida aks ettirilgan sof foydasi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

2.2. Dividend miqdorini hisoblashda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi:

- dividend miqdorini aniqlash mexanizmining aniqligi;

- aksiyadorlarning qisqa muddatli (daromad olish) va uzoq muddatli (Kompaniya rivojlanishi) manfaatlarining muvozanatligi;

- Kompaniyaning investitsiyaviy qulayligi va kapitalizatsiyasini oshirishga intilish.

3. Dividend miqdorini hisoblash tamoyillari tartibi


3.1. Sof foydani hisoblashning mazkur band bilan belgilangan tartibi dividend to’lanishiga Kompaniyaning sof foydasining o’rta hisobda 25% ni yo’naltirish imkoniyatini yaratadi.

3.2. Sof foyda quyidagi ketma-ketlikda taqsimlanadi:

- Sof foydaning 5-10% dan kam bo’lmagan qismi Kompaniya Ustaviga muvofiq Zaxira jamg’armasini shakllantirishga jo’natiladi. Zaxira jamg’armasini shakllantirishga sof foyda taqsimlanishi Zaxira jamg’armasi Kompaniya Ustavi bilan belgilangan miqdorga yetganidan so’ng to’xtatiladi.

- Sof foydaning o’rta hisobda 25% qismi dividend to’lashga jo’natiladi.

- Sof foydaning o’rta hisobda 65-70% qismi Kompaniyani rivojlantirish maqsadida Ustav jamg’armasini oshirish va undan Kompaniyaning investitsiya faoliyatida foydalanish uchun jo’natiladi.

4. Dividend to’lash to’g’risida qarorni tayyorlash tartibi


4.1. Dividend to’lash to’g’risida qarorni qabul qilish uchun Kompaniya Kuzatuv kengashi Aksiyadorlar umumiy yig’ilishiga ko’rib chiqish uchun dividend miqdori to’g’risida tavsiyalarini taqdim.

4.2. Tavsiyalarni tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligining quyidagilar to’g’risidagi qoidalari inobatga olinadi:

Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan aniqlangan dividendlar miqdori Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ortiq bo’lishi mumkin emas;

Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi dividendlarni to’lamaslik to’g’risida qaror qabul qilishga haqli.

5. Diidendlarni to’lash shakli va muddatlari


5.1. Dividendlar Kompaniya Ustavi va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab oltmish kundan kechiktirmay:

- yuridik shaxslarning bank hisob raqamlariga pul mablag’larini o’tkazish:

- Toshkent shahrida yashovchi jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkalariga pul mablag’larini o’tkazish yoki Kompaniya kassasi orqali:

- O’zbekiston Respublikasi viloyatlarida yashovchi jismoniy shaxslarga viloyat bamk kassalari orqali to’lanadi.

Dividend olish huquqiga ega shaxslar ro’yxati jamiyat aksiyadorlari reyestri ma’lumotlari asosida tuziladi.

6. Ma’lumotlarni oshkor etish


Kompaniya dividendlar to’lash to’g’risida mazkur ma’lumotni, hamda unga o’zgartirishlarni qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va «Andijon DORI-DARMON»AJ veb-saytida joylashtiradi.скачать dle 10.3Скачать игры для Android

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Махсус Қобилият
A
A

Yangiliklarga obuna